2012-yil O’zbekistonda “Mustahkam oila yili” deb e’lon qilindi

7-dekabr kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning o‘n to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ma’ruza qilib, joriy yilda amalga oshirilgan islohotlar haqida so’zladi.

Har yilgi an’anaga ko’ra, Prezident kirib kelayotgan yangi 2012 yilni mamlakatimizda “Mustahkam oila yili” deb e’lon qilishni taklif etdi.

Bundan oldin 1998-yil ham O’zbekistonda “Oila yili” deb e’lon qilingan edi.

O’ZBEKISTONDA YILLARNING NOMLANISHI

1991 — Alisher Navoiy yili
1992 — Hamshiralar yili
1993 — Ahmad Yassaviy yili
1994 — Mirzo Ulug‘bek yili
1995 — Ibn Sino yili
1996 — Amir Temur yili
1997 — Inson manfaatlari yili
1998 — Oila yili
1999 — Ayollar yili
2000 — Sog‘lom avlod yili
2001 — Onalar va bolalar yili
2002 — Qariyalarni qadrlash yili
2003 — Obod mahalla yili
2004 — Mehr-muruvvat yili
2005 — Sihat-salomatlik yili
2006 — Homiylar va shifokorlar yili
2007 — Ijtimoiy himoya yili
2008 — Yoshlar yili
2009 — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
2010 — Barkamol avlod yili
2011 — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
2012 — Mustahkam oila yili

SHARE