“Vatandosh”chilar tanlov g’olibi

[wide]

“Vatandosh” gazetasi muharriri Toshpo’lat Rahmatullayev AQShning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jorj Krol bilan

[/wide]

14-dekabr kuni Amerika Qo’shma Shtatlari Elchixonasi press-attashesi Liza Gudgeym qarorgohida jurnalistlarning joriy yildagi so’nggi “Press-Gap” uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Unda AQShning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jorj Krol ishtirok etib nutq so’zladi. U jurnalistlarning elchixona bilan hamkorlik qilganlari hamda so’z erkinligi yo’lidagi harakatlari uchun minnatdorlik izhor etdi.

Liza Gudgeym AQSh elchixonasi tomonidan jurnalistlar uchun yil boshida e’lon qilingan tanlov natijalarini e’lon qildi hamda g’oliblar taqdirlandi.

Ushbu tanlovda “Vatandosh” gazetasida chop etilgan “Amerika zaminida Navro’z”, “Amerikacha orzu: u haqiqatmi yoki sarob” nomli va boshqa maqolalari bilan ishtirok etgan gazetamiz muharriri Toshpo’lat Rahmatullayev 2-o’ringa loyiq deb topildi va elchixonaning maxsus diplomi hamda iPod Touch bilan taqdirlandi.

Shuningdek, bosh muharrir o’rinbosari Davronbek Tojialiyev ham Konsul Devid Miko, elchi Jorj Krol bilan intervyulari hamda boshqa maqolalari bilan tanlovda qatnashib, sovrindorlar safidan joy oldi.

“Vatandosh” gazetasi bosh muharriri o’rinbosari Davronbek Tojialiyev AQShning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jorj Krol bilan

Hamkasblarimizga bundan keyingi faoliyatlarida ham omad va zafarlar tilaymiz!

SHARE