SOPA va PIPA xronologiyasi. Sizga qanday ta’siri bo’ladi?

Internet olamida paydo bo’lgan xabarlar yoхud qora lentalarni ko’rgan bo’lsangiz ajab emas. Biz bilgan 100 dan ortiq mashhur kompaniyalar o’z veb-saytlarida hozirda AQSh Kongresida ko’rilayotgan masalaga qarshi chiqishga da’vat qilishyapti. Qonunga qarshi taraf buni internet foydanlanuvchilari  “yo’lini to’sish” va erkinlikni bo’g’uvchi “internet-senzura” deb qarashmoqda. Qonun asoschilari Patrick Leahy va Lamar Smithlarning fikricha, AQSh kompaniyalarning buzilayotgan haq-huquqini va millionlab “o’g’irlanayotgan” dollarni asrashga qaratilgan. Shu sababdan fuqarolar va siyosatchilar o’rtasidagi kelishmovchilik hali ham davom etyapti. Men ishonamanki, sizda ham ba’zi savollar tug’ilgan. Masalaga oydinlik kiritish uchun ayrim savollarga to’xtab o’tamiz.

AQSh syosatchilari Lamar Smith va Patrick Leahy

SOPA va PIPA nima o’zi?

SOPA – ‘Stop Online Piracy Act’ning, PIPA esa ‘Protect IP Act’ qisqartmasi. Bu qonunda asosan musiqa, kinofilm va dori vositalarini sotuvga chiqarish bosqichiga jiddiyroq yondashilgan. Amerikadagi kompaniyalar chiqarayotgan bunday mahsulotlarni, chet el veb-saytlari litsenziyasiz millionlab pul ishlayotgani va AQSh qonuni ularga ta’siri qilmasligini bilib yuzlab yoxud minglab veb-saytlarga to’siq qo’yishi mumkin. Internet bilan uzviy bog’langan bu qonun hali kuchga kirganicha yo’q, lekin 2 hafta avvalgi berilgan ovozlarga ko’ra, uni qo’llab quvvatlaganlar soni 21 ta, qonunga qarshilar esa atigi 16 tani tashkil qilgan.

image from mashable.com

Saytlarga to’siq qo’yish yaxshi, qonunbuzarlar o’z jazosini olsin deyishingiz mumkin, ammo…

Ko’pchilikning fikricha, siyosatshunoslar “qosh qo’yaman deb ko’z chiqarishi” mumkin, ya’ni millionlab dollarni asrayman deb butun boshli AQSh iqtisodini tubdan o’zgartirib yuborishi tayin deb ishonadilar. Chunki qonunga ko’ra, AQSh hududidagi internetni nazorat qiluvchi kompaniyalar haddan tashqari huquq va vakolatga ega bo’ladilar. Ular notog’ri deb bilgan saytni darhol ‘BLOK’ qilish huquqiga ega, shuningdek, veb-saytga qarshi jinoiy ish ham ochishi mumkin, deb aytilgan.

image from mashable.com

Kechirasiz, men ozgina tushunmay qoldim, batafsilroq bilgim kelyapti.

Qonunning 103-bandiga ko’ra “Mahsulot egasi” yoki “Muallifi” (misol uchun, Eminem) o’z musiqasini litsenziyasi bo’lmagan veb-saytda borligini bilib qolsa, internet banklaridan (PayPal, Google checkout) “Pirat” veb-saytlari hisob raqamini yopishni talab qilish huquqiga ega. Shuningdek, ularni  bir necha yilga qamoq jazosiga hukm qilishi mumkin. Buning uchun litsenziyasi yo’q saytga 5 kun ichida olib tashlash sharti bilan ogohlantirish beriladi. Qonunga bo’ysunmagan shaxslar uning oldida javob beradi.
Bu qonun faqatgina Gollivud yulduzlariga emas, AQShda yashovchi har bir shaxsga tegishli. Qanday qilib? Misol uchun, siz facebook yoki twitterga ‘Eminem’ning suratini o’z sahifangizga joylashtirdingiz. Buning uchun sizga 5 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin. Chunki siz suratni muallifidan ruxsat yoki litsenziya olmagansiz, shuning uchun suratga egalik qilishga haqqingiz yo’q bo’ladi.

taken from mashable.com

Havotir oladigan boshqa masala yo’qmi? Minglab odamlar namoyish qilyapti aynan shuning uchunmi?

SOPA va PIPA shunday kuchga egaki, ichki-tashqi veb-saytlarning DNS adresini blok qilib qo’yish huquqini beradi. Proxy orqali veb-saytga kirmoqchi bo’lganlar bunday hom-xayolga bormasligini maslahat bergan bo’lar edim. Musiqa yoki videokliplarni ‘Youtube’dan ko’radigan shaxslar bu odatlari bilan xayrlashishga to’g’ri keladi. Bu hammasi emas. Google foydalanuvchilari o’ziga kerakli materiallarni topa olmasa xafa bo’lishlari tayin gap. Chunki kompaniyaga qonunga zid veb-saytlarni ‘index’da (arxivida) saqlamasligi sharti qo’yiladi. Aks holda google ham qora ro’yxatdan joy olishi kutilmoqda. Ro’yxatda keyingilardan Wikipedia joy oladi. Umuman olganda,  qonun loyihasiga binoan, aynan ‘Wikipedia’da joy olgan materiallarning deyarli barchasi qonunga zid bo’ladi. Wikipedia kuni kecha o’z xizmatini 24 soatga to’xtatib qo’yib, 162 million foydalanuvchilar norozilik aksiyasidan xabardor ekanligini ma’lum qildi. Google ham o’z usulida boykot e’lon qilib, kompaniya logosini qora rang bilan yopib qo’ydi.
Qisqasi bu qonun yuzlab kompaniyalarga o’z ta’sirini o’tkazishi kutilmoqda. Misol uchun, Facebook, Yahoo, Bing, Flickr, Ebay, Tumblr, Paypal, Visa va hokazo.

Shu kungacha qanday qonun asosida bu materiallar tarqalib ketkan?

Digital Millenium Copyright (DMCA)  qonuni ‘SOPA’ga o’xshash, biroq qonun himoyachilari yuqoridagi kompaniyalarni sudga berish huquqidan mahrum edilar. Misol uchun, ‘Youtube’ kompaniyasi muhlislar qo’ygan videolarga javob bermaydi. Ammo, mahsulot egalari ‘Yotube’dan videoklipni olib tashlashni so’rashi mumkin. Youtube ma’muriyati videoni olmagan taqdirda ham ularni sudga tortish huquqini bermaydi.

taken from mashable.com

Bu menimcha qo’rqitish va safsata bo’lsa kerak?

SOPA va PIPA mualliflari fikrichiga, bu qonun asosan Pirat veb-saytlarga qaratilgan. Ya’ni, uning mohiyati aynan shu yo’l bilan pul ishlaydigan va material tarqatadigan veb-saytlarga to’siq qo’yishdan iborat. Lekin ayrimlar bu qonun qabul qilinishi bilan ishsiz qolishidan qo’rqayapti. Shu sababli AQShning bir necha shtatlarida norozilik namoyishlar bo’lmoqda.
Joriy hafta ma’lum bo’ldiki, 35 senator PIPAga qarshi o’z ovozini berdi. O’tkan hafta ularning soni 5 ta edi. Ayrim siyosatchilar yangi qonunning butun boshli Amerika iqtisodiyotiga xavfi borligini anglab yetishgan ko’rinadi.

Xulosa qilib shuni aytish joizki, AQSh Gollivud kinokompaniyalari homiylik qilayotgan bu ‘mashmasha’  kinofilm yoki musiqa muallifini himoya qilaman deb, millionlab odamlarning hayoti o’zgarib ketishini tasavvur ham qilmayotgan bo’lsa ajab emas. Ammo, 21 Asr ‘Kompyuter asri’ bo’lgani bilan, tegishli to’siqlar qo’yilmasa, qonunbuzarlarning ortib ketishi, shou-biznes olamida jinoiy holatlar ko’payishi turgan gap.

Sizning fikringiz qanday?

SHARE