“Olimpiada-2012”. Besh nafar o’zbek bokschilari chorak finalda!

XXX yozgi Olimpiada o’yinlari dasturidan o’rin egallagan erkaklar o’rtasidagi boks musobaqalari tobora hal qiluvchi pallaga kirib bormoqda.

E’tiborlisi, mazkur musobaqalarda Vatanimiz sharafini himoya qilayotgan 6 nafar charm qo’lqop ustalarimizdan 5 nafari chorak finalga qadar yetib keldilar.

 

Quyida mamlakatimiz bokschilarining chorak finaldagi raqiblari berilgan.

60 kg. Fazliddin G’oipnazarov (O’zbekiston) – Sunchul Xan (Janubiy Koreya)
Ushbu jang Toshkent vaqti bilan 7 avgust kuni soat 01:15ga belgilangan.

75 kg. Abbos Atoev (O’zbekiston) – Vijender Sinh (Hindiston)
Ushbu jang Toshkent vaqti bilan 7 avgust kuni soat 02:00ga belgilangan.

52 kg. Jasurbek Latipov (O’zbekiston) – T.Niyambayar (Mug’iliston)
Ushbu jang Toshkent vaqti bilan 8 avgust kuni soat 00:45ga belgilangan.

64 kg. O’ktamjon Rahmonov (O’zbekiston) – Roniel Iglesias Sotolongo (Kuba)
Ushbu jang Toshkent vaqti bilan 9 avgust kuni soat 01:30ga belgilangan.

81 kg. Elshod Rasulov (O’zbekiston) – Yegor Mexontsev (Rossiya)
Ushbu jang Toshkent vaqti bilan 9 avgust kuni soat 02:45ga belgilangan.

Eslatib o’tamiz, chorak final bosqichida g’alaba qozongan bokschilar kamida Olimpiada o’yinlarining bronza medalini qo’lga kiritadi. Shunday ekan, o’z oldilariga doimo yuqori maqsadlarni qo’yadigan mamlakatimiz charm qo’lqop ustalariga bo’lajak bahslarda ham omad va zafar yor bo’lishligini tilab qolamiz.

SHARE