Америкада қўшимча озиқ-овқат талони қандай олинади?

Kam ta’minlanganlar uchun qo’shimcha oziq-ovqat taloni

Barchamizga ma’lumki, Amerika Qo’shma Shtatlarida istiqomat qiladigan bir qator muhojirlar, chet el fuqarolari uchun ijtimoiy, moddiy, ma’naviy hamda qonunchilikka asoslashgan, turli xil yordamlar mavjud. Ushbu yordam manbalaridan foydalanish yoki ularga ega bo’lish uchun faqatgina AQSHda yashashning o’zi kifoya bo’lib qolmaydi. Ushbu jarayonning o’ziga xos mezon va tadbirlari mavjuddir. Hozirgi lavhaning asosiy mavzusi ham aynan shudir.

Oziq-ovqat talonlari

Birinchi navbatda, ko’pchilikka “Food Stamp” shaklida xizmat ko’rsatib kelayotgan, Qo’shimcha Oziq-ovqat Ta’minlov Yordami Dasturi (SNAP-Supplemental Nutrition Assistance Program) ushbu yordamdan qanday va qay tarzda  foydalanish, kim yoki qayerga murojaat etish va boshqa tegishli ma’lumotlar bilan sizlarni tanishtirib o’tamiz.

“Food Stamp” xizmatidan foydalanish uchun quyidagi asoslarga bog’liq ravishda belgilanadi. Buning uchun da’vogar:

-AQSH fuqarosi yoki qonuniy yashovchisi bo’lishi;

-Ota-onasi izmida yashovchilar uchun 18 yoshdan kichik bo’lishi;

-18 yosh va undan kattalar uchun, ishlash huquqiga ega bo’lishi yoki ishlash uchun ro’ytxatdan o’tgan bo’lishi

-Barcha oila a’zolari daromadining soliqdan oldingi miqdori ushbu dastur ko’rsatkichlaridan yuqori bo’lmasligi zarur.

 

Oila daromadi ko’rsatkichlari quyidagichadir:

Oila a’zolari umumiy soni:

1 kishini tashkil etganlar uchun, soliqdan oldingi oylik daromadi: $1,211

2 kishini tashkil etadiganlar uchun: $1,640

3 kishini tashkil etadiganlar uchun: $2,069

4 kishini tashkil etadiganlar uchun: $2,498

va ushbu sondan keyingi har bir qo’shimcah kishi uchun +$429 dan iborat

 

Yuqoridagi mezonlarga asoslanib keyingi jarayonga o’tishimiz mumkin, ya’ni kerakli hujjatlarni tayyorlab, tegishli joyga murojaat etish. Yo’lga otlanishdan oldin, albatta, quyidagi hujjatlarni tayyorlab qo’ymoq lozim.

-Qonuniy Yashash Maqomi Berilgan Dalil, ya’ni “Green Karta” orqali kelganlar uchun Grin Karta

-Har bir ro’yxatdan o’tuvchi shaxsning tug’ilgan kuni belgilangan hujjati. Masalan: grin karta, tug’ilganlik             haqidagi guvohnoma, passport va hokazo.

-Tibbiy Sug’urta yordamidan foydalanayotganlar uchun sug’urta kartochkasi

-Har bir ro’yxatdan o’tuvchi shaxsni tasdiqlovchi hujjat

-Yashash joyi uchun to’lanadigan ijara haqi miqdorini belgilochi tegishli hujjat

-”Social Security”  ijtimoiy ta’minot boshqaruvi belgilagan kartochka

-Yashash joyining manzilini ko’rsatuvchi tegishli hujjat

-Maktab yoshidagi bolalar uchun, maktabdan ma’lumotnoma

hamda

-Barcha oila a’zolari uchun daromad miqdorini ko’rsatguvchi to’lov kvitansiyasi, chek

 

Ushbu hujjatlarning bari tayyor bo’lsagina tegishli manzilga murojaat qilishingiz mumkin. Quyida aynan Nyu Yorkning turli shaharlarida joylashgan manzillar bilan tanishtirib o’tamiz.

Brooklyn uchun:

Human Resources Administration

Address: 3050 W 21st St # 3rd, Brooklyn, NY 11224

Phone: (718) 333-3000

Transit: Coney Island – Stillwell Ave

*****We may also include different locations in different boroughs as well

 

*Manzilning o’ziga tashrif buyurishdan tashqari, internet orqali https://a858-ihss.nyc.gov manzilida ham ro’yxatdan o’tish mumkin.

*Yana boshqa bir yo’li esa internet orqali tegishli arizani bosmadan chiqarib, to’ldirib boshqarma manziliga pochta orgali yetkazishingiz ham mumkin.

 

SHARE