Jon Kerri – AQSh davlat kotibligiga nomzod

Джон Кери.ғ2AQSh prezidenti Barak Obama senator Jon Kerrini davlat kotibi, ya’ni tashqi ishlar vaziri lavozimiga nomzod etib ko’rsatdi. Massachussetts shtatilik demokrat qonunchi Senatning Tashqi aloqalar qo’mitasiga raislik qiladi. Ushbu lavozimda dunyo kezgan tajribali arbobdir. 69-yoshli Jon Kerri, Vyetnam urushi qahramoni, 2004-yilda prezidentlikka harakat qilib, respublikachi Jorj Bushga yutqazgan.  Kerri Kongressda ham demokratlar, ham respublikachilar orasida obro’-e’tiborga ega. Amaldagi Davlat kotibasi Xillari Klinton 2013-yilda iste’foga chiqishini bildirgan edi. Senat tomonidan tasdiqlansa, Jon Kerri yanvarda Obamaning qasamyod marosimidan so’ng ishga kirishadi.

Манба: www.amerikaovozi.com